2007
16+
147 daqiqa
Murabbiy ayollar jamoasini birlashtirib, g‘alaba sari yetaklaydi.
Hindiston xokkey terma jamoasining sobiq sardori Kabir Xon muhim o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng adolatsiz ayblovlarga uchraydi va sportni tark etadi. Oradan yetti yil o‘tib u Hindiston ayollar xokkey terma jamoasiga murabbiy etib tayinlanadi. Turli hududlardan kelgan, fe'l-atvori va qarashlari har xil bo‘lgan sportchilarni yagona jamoaga aylantirish oson bo‘lmaydi. Kabir o‘z sha'nini tiklash va jamoani jahon chempionligiga olib chiqish uchun bor kuchini ishga soladi.


