2023
16+
112 daqiqa
Jasur harbiy uchuvchi terrorchilarga qarshi xavfli missiyaga chiqadi.
“Tejas” filmi Hindiston harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Tejas Gill haqida hikoya qiladi. U jasur, qat’iyatli va o‘z mamlakati uchun hayotini xavf ostiga qo‘yishga tayyor jangchi ayol. Navbatdagi maxfiy missiya davomida Tejas terrorchilar va xalqaro tahdidga qarshi kurashadi. Shu bilan birga, u o‘tmishdagi ruhiy jarohatlar va shaxsiy yo‘qotishlar bilan ham yuzlashadi. Filmda harbiy samolyotlar, havo janglari va patriotik ruh kuchli berilgan. Atmosfera go‘yoki reaktiv dvigatel ichida ketayotgandek: baland shovqin, tezlik va bosim. Asosiy urg‘u ayol uchuvchining kuchi va liderligiga qaratilgan.


